Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | Ayolning tunda qiladigan asosiy xatosi nima?

Erni tunda xursand qilish bu ayolning vazifasi. 
Jinsiy aloqa sifatli va yoqimli bo'lishi uchun ayol 
ham, erkak ham birdek izlanish va harakatda 
bo'lishi lozim. Barcha mas'uliyat erkakda deb 
o'ylamang, aziz ayollar... 
Ayollar tunda qiladigan xatolarning aksariyati bilan tanishib o'tamiz: 
1. "Men 'qimirlamay' yotsam ham bo'ladi. Erim 
hammasini o'zi bajaradi" degan fikrda bo'lsangiz, 
adashasiz. Erkak jinsiy aloqa jarayonida ayolini 
hissiyotlarini ko'rishni, sezishni istaydi. Erkak 
"qimirlamay" yotgan ayoli o'ziga, qilayotgan harakatlariga va jinsiy aloqaga nisbatan befarq 
ekan deb o'ylaydi. Tinch yotib aloqani tugashini 
kutmay, o'z tuyg'ularingizni, xohish va 
ehtiyojlaringizni namoyon eting. Ayolini 
erkalayotgan erkak unga yoqimli ekanini sezishi 
lozim. 2. Suhbatlashish uchun boshqa vaqt toping. 
Eringiz sizni aloqaga undab erkalashni 
boshlaganda suhbatlashish niyatingizni 
uzoqroqqa surib qo'ying. Farzandingiz bugun 
maktabda "5" baho olgani haqida aloqadan keyin 
ham suhbatlashsa bo'ladi. Erkalash va jinsiy aloqa davomida esa butun xayolingz va fikringiz aynan 
eringizda va uning harakatlarida bo'lsin. Bundan 
o'zingiz yutasiz. 
3. Birga bo'lishdan oldin pardoz qilmang. 
Ayolning go'zalligi uning tabiiyligidadir. Pomada, 
pudra, tush kabilar sizga to'shakda go'zallik qo'shib bermaydi. Ularni restoranga borishga 
ishlatish uchun olib qo'ying. To'shakda esa 
eringizga toza, xushboy va tabiiy bo'lib olsangiz 
yoqimliroq bo'ladi. 
4. Eringizni biling. Unga nima yoqadi-yu, nima 
yoqmasligini o'rganing. Sizning harakatlaringiz unga yoqimli va kerakli bo'lsin. Izlaning, 
aloqangiz davomida siz qiladigan erkalash har 
safar bir xil bo'lmasin. Bir xillik zeriktiradi. 
5. Eringiz bilan aloqangizni unga ta'na qilmang, 
bir narsani undirib olish uchun aloqaga 
kirishaman deb bozorga solmang. Jinsiy aloqa bu ne'mat, undan manfaat ko'zlamang. 
6. Uyatchanlik. Albatta ibo, sharm-hayo bu o'zbek 
ayollariga xos go'zallik. Lekin bir necha yildan beri 
birga yashab kelayotgan er-xotin orasida ortiqcha 
uyatchanlik erkakka yoqmaydi. Yillar o'tib erkak 
uchun ayoli ochiq va lazzatlanishga tayyor bo'lganini istaydi. 
7. Ichki kiyimingizga doim ahamiyat bering. 
Erkaklar ko'zi bilan suyadilar. Eski, qaralmagan, 
ko'rimsiz ichki kiyim hech qaysi erkakga 
yoqmaydi. Doim toza, chiroyli, yoqimtoy ichki 
kiyimlar kiyib yurishga o'rganing. 8. Siz ham tashabbuskor bo'ling. Har doim ham 
eringiz sizni aloqaga undayverishi, aloqa 
davomida harakatlarini o'zgartirishi, yangilarini 
tadbiq qilishi unga zerikarli bo'lib qoladi. Sizdan 
ham tashabbus chiqsin. "Bugun mana shunday 
bo'lsin" yoki "men shunday qilib ko'ray" kabi takliflaringiz erkakni sizga nisbatan munosabatini 
yanada qizdiradi. 
9. Sizning aloqadan lazzatlanishingizga faqat 
eringiz mas'uliyatli deb o'ylasangiz adashasiz. 
Ayolni qondirish erkakni vazifasi, lekin ayol ham 
buning uchun ancha harakat qilishi kerak. Buning uchun siz o'z badaningizni, o'z xohish va 
ehtiyojlaringizni aniq bilishingiz va eringizga 
yetkaza olishingiz lozim. 
{xtypo_quote}Nozlanish bilan uyalishning farqi 
katta...{xtypo_quote} 
10. Eringiz qilayotgan ayrim takliflaridan bosh tortmang. Eringiz birga bo'layotganingizda sizdan 
bir nima talab qilsa, rad etishga shoshilmang, axir 
bundan siz ham manfaatdorsiz. Ikki sevuvchi 
qalb orasidagi jinsiy aloqaning asosiy maqsadi bir 
biriga lazzat ato etish. Eringizni xursand qilish 
imkoniyati bor ekan, yo'q demang. Er-xotin butun hayot davomida birga bo'lishni 
niyat qiladilar. Ular orasidagi jinsiy aloqa esa ana 
shu hayotning ajralmas qismidir. Uni birgalikda 
yaxshilash, sifatini oshirish, unga nisbatan faqat 
ijobiy munosabatda bo'lish, aloqadan har 
tomonlama baxramand bo'lish va lazzatlanish bu sizning va suyukli yoringizning vazifasi. Buning 
natijasi esa ahil munosabatlar... 
Axir sezmaganmisiz, ajoyib o'tkazilgan "tun"dan 
keyin yaxshi kayfiyatli, tabassumga boy tong 
kelishini...

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 13472 | Теги: JINSIY SABOQLAR Ayolning tunda qila | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 0
avatar