Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | Farzand ko'rishni istayotgan juftliklarqiladigan asosiy 10 xato

Farzand ko'rishni istayotgan er- 
xotin, quyidagi ko'pchilik 
qiladigan xatolardan xabardor 
bo'lishi yaxshi bo'lar edi. 
1. Jinsiy aloqani muntazam 
ravishda qilmaslik. Jinsiy aloqani faqat ovulyasiya 
kunlari qilish homilador bo'lish 
imkoniyatini oshiradi yoki uzoq 
vaqt jinsiy aloqada bo'lmay turib 
aloqa qilganda spermatozoidlar 
kuchi oshadi degan xato fikrlar ba'zi juftliklkarni yo'ldan uradi. 
Aslida jinsiy aloqa muntazam 
ravishda juftliklarni xohish va 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
amalga oshirishi lozim. 
2. Tez-tez jinsiy aloqada bo'lish. Albatta muntazam ravishda 
bo'ladigan jinsiy aloqa 
homiladorlik yuz berishi uchun 
yaxshi yo'l. Lekin muntazamlik 
bilan ko'plik har xil narsa. Juda 
ko'p, masalan, kuniga bir necha marta aloqada bo'lish 
spermatozoidlarning 
urug'lantirish kuchini yo'qqa 
chiqarishi mumkin. 
3. Aloqani bir holatdagina 
amalga oshirish. Ayol va erkaklarning jinsiy a'zolari 
shakli va razmeri har xil bo'lgani 
tufayli, biron ayolga homilador 
bo'lish uchun bir holat to'g'ri 
kelsa, ikkinchi ayolga bu holat 
homilador bo'lishga hatto to'sqinlik qilishi ham mumkin. 
Shuning uchun aloqani har xil 
holatlarda amalga oshirgan 
ma'qul. 
4. Bepushtlikni sababini ayoldan 
izlash. Ko'pincha oilalarda uzoq vaqt 
farzand bo'lmagan davrda ayollar 
davolanishni boshlaydiar. Lekin 
statistikaga qaraganda 
bepushtlikni sababchilaridan 40% 
erkak kasalliklariga to'g'ri kelar ekan. 
Saboq.Org saytidan olingan.Shuning uchun 
davolanishni 
ko'zda tutgan juftliklar uni 
birgalikda boshlashlari maqsadga 
muvofiq bo'ladi. 5. Ovulyasiya haqida bexabar 
bo'lish. 
Ovulyasiya davri - homilador 
bo'lish uchun eng kerakli davr 
hisoblanadi. Aynan o'sha davrda 
bo'lgan jinsiy aloqa natijasi homiladorlikka olib keladi. Ba'zida 
ayollar ovulyasiya davrini hayz 
ko'rgan kunidan 14 kunni sanab 
belgilaydilar. Lekin bu hato. Hayz 
sikli turlicha bo'lgani kabi 
ovulyasiya davri ham hammada har xil keladi. Shuning uchun uni 
aniq bilish talab etiladi 
(Ovulyasiyani bilish yo'li). 
6. Jinsiy aloqani aynan 
ovulyasiya kuni qilish. 
Ovulyasiya kunini aniq bilgan taqdirda ham, aloqani undan oldin 
va bir-ikki kun o'tgach qayta qilish 
tavsiya etiladi. Chunki 
urug'lanishga tayyor bo'lgan ayol 
tuxum xujayrasi 24 soat davomida 
urug'lanishga moyil bo'ladi. 7. Kimyoviy kontratsepsiya 
vositalardan foydalanish. 
Ba'zi lyubrikantlar uzoq vaqt 
mobaynida spermatozoidlarni 
nobud qilish xususiyatiga ega 
bo'ladi. 8. Shifokorga shoshilish. 
Ayol turmushga chiqib 3-4 oy 
o'tgach shifokor qabuliga 
shoshiladi. Tezroq davolanib 
tezroq farzandli bo'lishni istaydi. 
Lekin normada kamida 1 yil birga yashab muntazam ravishda jinsiy 
aloqada bo'lgan er-xotinda ham 
homiladorlik yuz bermasligi 
mumkin. Shoshib shifokorga borib 
kerakmas, ba'zida zararli 
muolajalarni qabul qilish noto'g'ri hisoblanadi. Yaxshisi, 1 yil kutib 
keyin biron chora ko'rish kerak. 
9. Umumiy salomatlikka 
ahamiyat bermaslik. 
Farzand ko'ra olmayotgan juftliklar 
asosan o'z reproduktiv salomatlliklariga ahamiyat 
beradilar. Lekin erkak va ayolning 
umumiy salomatligi ham farzand 
ko'rishda muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, o'gir vazn, stress, 
chekish, ba'zi dori-vositalarni qabul qilish kabi holatlar ham 
homiladorlik yuz berishiga 
to'sqinlik qilishi mumkin. 
10. Faqat homiladorlik haqida 
o'ylash. 
Shunday juftliklar borki, ular uchun jinsiy aloqa homilador 
bo'lish uchun navbatdagi 
imkoniyatdek qabul qilinadi. 
Aloqalar soni, holatlar, ovulyatsiya 
davri, hayz sikli kabi mavzular er- 
xotin uchun asosiy suhbat mavzusiga aylanadi. Lekin shuni 
unutmaslik kerakki, ayolning 
psixologik holati ham homilador 
bo'lish uchun juda muhim jihatdir. 
Er-xotin o'zini biron yoqimli 
faoliyat bilan band qilib, homiladorlik haqida o'ylamay, 
hayz kunlarini sanamay yashashni 
o'rganishlari kerak.

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 3870 | Теги: JINSIY SABOQLAR Farzand ko'rishni i | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar