Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | G'usul qilish haqida yigitlar uchun

Savol: Hammamiz g‘usl qilish 
zarurligini bilamiz, ammo 
ko‘plarimiz 
uning shartlari, tartiblari va 
odoblaridan bexabarmiz. Shu 
haqda to‘laroq ma'lumot bersangiz. Javob: G'uslning uch farzi bor: 
1. Og‘izni halqumgacha 
chayish; 
2. Burunni achitib chayish; 
3. Butun badanni yuvish. G'usl tartibi quyidagicha: 
badanga maniy tekkan bo‘lsa, avval 
yuvib 
ketkaziladi. So‘ngra suv bilan 
istinjo qilinadi - oldi va orqa yo‘llar 
yuviladi va 
tahorat qilinadi. Yuvinadigan joyda suv 
to‘planadigan yoki oyoq loy 
bo‘ladigan bo‘lsa, tahoratda oyoqlar 
yuvilmaydi, 
g‘usl so‘ngida yuviladi. Keyin 
boshdan uch bor suv quyiladi. Bosh uch 
bor yuvilgach, o‘ng va chap 
yelkalardan 
ham uch martadan suv quyilib, 
butun 
a'zoi badan yuviladi. G'uslda badandagi biror tukning ham ostiga suv 
yetmay 
qolmasligi kerak. Birinchi suv 
quyganda 
badanni ishqalash sunnatdir. 
Qo‘shilish payti ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, 
yuvinayotganida uni 
tarqatish shart emas. 
Sochlarining 
tagiga suv yetkazilsa kifoya. Ammo 
sochlari o‘rilmagan holatda qo‘shilishsa, 
erkaklar kabi sochlarini ham 
to‘la 
yuvishlari lozim. Ayollar g‘usl paytida 
quloqdagi sirg‘a va qo‘llaridagi 
uzuklarini qimirlatib, ular o‘rniga suv 
yetkazishlari zarur. 
Agar badanga (sochga, tirnoqqa...) suv 
yetkazishga mone'lik qiluvchi 
bo‘yoq 
kabi narsalar surilgan bo‘lsa, g‘usldan 
oldin ularni ketkazish shart, aks holda 
g‘usl o‘rniga o‘tmaydi. 
Shuningdek, 
tishlar orasidagi ovqat 
qoldiqlarini ham tozalash kerak. Kindik kovagiga suv 
yetkazishni esdan 
chiqarmaslik zarur. 
G'uslda qiblaga yuzlanib 
yuvinish 
sunnatga xilofdir. G'usl asnosida gapirish odobsizlikdir. Avrat 
yopilib 
g‘usl qilinadi. 
G'usl vojib bo‘lgan kishilar 
Qur'oni karim tilovat qilishlari, 
oyatlarini yozishlari va masjidga 
kirishlari mumkin 
emas.

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 3675 | Теги: JINSIY SABOQLAR G'usul qilish haqid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar