Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | Homilador bo'lish yo'llarii.

Ba'zi ayollar bu savolni bermay 
turib oson homilador bo'lib 
qoladilar, ba'zi sog'lom juftliklarda 
esa, bir nech oy davomida 
saqlanilmagan jinsiy aloqa 
bo'lishidan qat'iy nazar homiladorlik vujudga kelmaydi. 
Ayol tabiiy ravishda tezroq 
homilador bo'lib qolishi uchun 
quyidagilarni bilishi lozim: 
Homiladorlik tezroq yuz berishi 
uchun: 1. Ayol o'z ovulyasiya kunlarini 
bilishi darkor. Aynan ovulyasiya 
kuni yoki undan 1-2 kun oldin va 
keyin sodir bo'lgan jinsiy aloqa 
natijasi homiladorlik bo'lishi 
mumkin. (Ovulyasiyani aniqlash yo'llari haqida bu yerda batafsil 
o'qing). 
2. Tezroq homilador bo'lish uchun 
ayol jinsiy aloqadan so'ng kamida 
30 daqiqa davomida o'rnidan 
turmay yotishi spermatozoidlarning bachadon 
bo'yni tomon harakatlanishini, 
natijada ayol tuxumdoni 
urug'lanish imkoniyati oshishiga 
yordam beradi. 
3. Er-xotin stressdan xoli bo'lishi kerak. Qarindoshlarning, qo'ni- 
qo'shnilarning "Nega ikkiqat 
bo'lmayapsan?","Tezroq ikkiqat 
(homilador) bo'lish kerak", degan 
gaplarini o'ylab siqilib yurish 
homiladorlik vujudga kelishini ortga suradi. Saboq.Org saytidan olingan. 
Homilador 
bo'lish 
niyatidagilar 
yaxshi 
xayolda bo'lib, 
asabiylashmay, 
janjallashmay, 
hadeb 
homilador 
bo'lish haqida 
o'ylab 
yurmay, 
yaxshi 
kayfiyatda 
bo'lishlari foydali 
bo'ladi. 4. Jinsiy aloqadan so'ng ayol tezda 
yuvinmasligi kerak. Ba'zi sovunlar 
spermatozoid sifatiga ta'sir 
ko'rsatib, uning urug'lantirish 
qobiliyatini va harakatchanligini pasaytirishi mumkin. 
5. Ayol homilador bo'lishi uchun 
o'zi ham, eri ham ichish va 
chekishni imkon qadar 
kamaytirishi yoki umuman 
tashlashi kerak. Alkogol va nikotin spermatozoid sifatiga va 
harakatlanuvchanligiga salbiy 
ta'sir ko'rsatadi. 
6. Erkak jinsiy a'zolarini juda ham 
isitib (masalan, saunada) va 
aksincha, juda ham sovutib (qish kunlari) qo'ymasligi lozim. Jinsiy 
a'zolardagi yuqori harorat va 
muzlash erkak spermatozoidlariga 
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Undan 
tashqari erkaning ichki kiyim va 
shimi siqmaydigan, qizdirmaydigan, bo'shroq 
turadigan bo'lishi kerak. 
7. Mavrak (shalfey) damlamasi ham 
homilador bo'lishga yordam 
berishi aniqlangan. Mavrak 
tarkibidagi moddalar spermatozoidni ayol tuxumdoni 
tomon tezroq harakatlanishini 
ta'minlashi aniqlangan. Hayz 
tugaganidan keyin 11 kun 
davomida ayol mavrak 
damlamasidan kuniga 2-3 mahal 1 osh qoshiqdan ichishi kerak. 
Mavrak damlamasi: 1 choy qoshiq 
mavrak o'ti 1 stakan qaynagan 
suvda damlanadi. 
8. Spermatozoidning sifati va 
miqdori jinsiy aloqalar soniga ham bog'liq. Shuning uchun ovulyasiya 
kunidan oldin 2-3 kun davomida 
jinsiy aloqada bo'lmay, aynan 
ovulyasiya kuni aloqada bo'lish 
tavsiya etiladi. Shunda 
spermatozoidlarni miqdori ko'paygan, sifati esa yaxshilangan 
bo'ladi. 
9. Ba'zi dietalar ham homilador 
bo'lishga to'sqinlik qiladi. Shuning 
uchun homilador bo'lishni 
rejalashtirayotgan ayol dieta tutmasligi kerak. 
10. Ko'pchilik xush ko'radigan 
kofe homilador bo'lish 
imkoniyatini oz bo'lsada 
pasaytiradi. Shuning uchun kofe 
va kofeinga boy mahsulotlardan voz kechib turgan ma'qul. 
11. Erkakning ovqatlanish 
rasioniga ahamiyat berish kerak. 
Spermatozoidlarning 
harakatlanuvchanligini oshiruvchi 
go'sht, baliq va danaklardan ko'proq yeyish maqsadga muvofiq 
bo'ladi. 
12. Toza havo va sog'lom hayot 
tarzi homilador bo'lish uchun eng 
yaxshi vosita. Homiladorlikka 
tayyorlanuvchi er-xotin har kuni kamida 1-2 soat davomida toza 
havoda bo'lishi, radiasiya va virusli 
infeksiyalardan xoli bo'lishi kerak.

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 4566 | Теги: JINSIY SABOQLAR Homilador bo'lish y | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar