Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | Homiladorlik jarayoni.

Urug'lanish kunini aniq bilish juda 
qiyin. Odatda shifokorlar 
homiladorlik boshlangan davrni 
oxirgi hayz kuniga qarab 
belgilaydilar. Urug'lanish yuzaga 
kelgandan boshlab homildorlik jarayoni haqida bilib olish 
foydadan xoli bo'lmaydi. 
Ovulyatsiya 
Har oy ayol tuxumdonlarida bir 
nechta tuxum guruhi follikula deb 
atalmish kichik xaltada o'sishni boshlaydilar. Tuxumlardan biri 
follikuladan chiqib ketadi. Bu 
jarayon ovulyatsiya deb atalib, u 
odatda keyingi hayz kuniga 2 
hafta qolganda sodir bo'ladi. 
Gormonlar oshishi Tuxum follikuladan chiqgach 
yorilgan follikula sariq moddaga 
aylanadi va maxsus gormon ishlab 
chiqarishni boshlaydi. Bu 
gormon bachadon devorlarini 
qalinlashtirib urug'langan tuxum uchun tayyorlab turadi. 
Tuxum fallopiya trubasiga 
borishni boshlaydi 
Follikuladan chiqqan tuxum 
fallopiya trubasi tomon 
harakatlanadi va u yerda 24 soat davomida 1 dona spermatozoidni 
urug'lanish uchun kutadi. 
Saboq.Org saytidan olingan. Ko'pincha bu jarayon 
hayz 
kelganidan 2 hafta o'tgach yuzaga 
keladi. Agar tuxum 
urug'lanmasa 
Agar tuxum 
spermatozoid 
bilan 
urug'lanmasa, u nobud bo'ladi. 
Ayolning 
gormonal holati 
esa 
normallashadi. 
Bachadon devori 
qalinlashgan 
qoplamni 
tashlaydi va 
yangi hayz 
boshlanadi. Urug'lanish 
Agar bitta spermatozoid fallopiya 
trubasiga yetib borib, tuxum 
ichiga kira olsa, u tuxumni 
urug'lantiradi. Tuxum o'zgaradi va 
unga boshqa spermatozoid endi kira olmaydi. Aynan shu damda 
bo'lajak bolaning jinsi va genlariga 
asos solinadi. Agar spermatozoid 
Y xromosomga ega bo'lsa, o'g'il, 
agar X xromosomaga ega bo'lsa, 
qiz tug'iladi. Implantasiya 
Urug'langan tuxum fallopiya 
trubasida 3-4 kun davomida turib 
o'ta yuqori tezlikda ko'plab 
hujayralarga bo'lina boshlaydi. 
Bachadon tomon harakatlanish jarayoni boshlanadi va bunda ham 
bo'linish davom etadi. 
Urug'langan tuxumning keyingi 
vazifasi bachadon devori 
qatlamiga joylashish, ya'ni 
implantatsiya. Ba'zi ayollarda 
aynan 
implantasiya 
jarayonida 
qindan 
1-2 tomchi 
qon 
chiqishi 
kuzatilishi 
mumkin. Endi ayol organizmida HCHG - 
human chorionic gonadropin gormoni paydo bo'ladi. Uni 
homilaning bo'lajak yo'ldoshi 
hujayralari ishlab chiqaradi. 
Aynan shu gormon homiladorlik 
testi qilinganda aniqlanadi. Test 
natijasi aniq bo'lishi uchun ovulyatsiyadan so'ng kamida 3 
hafta o'tishi talab etiladi. 
Uch-to'rt hafta ichida tuxum 
ko'plab hujayralarga bo'linib, 
homilaning ilk asab hujayralari 
shakllanadi. Homiladorlik davri 
Homiladorlik davri uch trimestrga 
yoki 3 oylik 3 davrga bo'linadi. 
Buning sababi har bir davr ayol 
va homila organizmida ma'lum 
bir o'zgarishlarni taqazo etishidir.

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 1433 | Теги: JINSIY SABOQLAR Homiladorlik jarayo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar