Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | Homiladorlik jarayoni.

Homiladorlik davrida bolaning 
rivojlanishi jaddal ravishda davom 
etishi tufayli bu davr o'ta 
muhim hisoblanadi. Shuning 
uchun homiladorlik davri yaxshi 
kechib, bolaning salomatligiga zarar yetkazmaslik uchun ba'zi 
maslahatlarga amal qilish 
foydadan xoli bo'lmaydi. 
1. Ginekolog huzurida muntazam 
ravishda bo'lish. Ba'zilar 
homiladorlikning ilk oylarida shifokorga bormay yuradilar. Bu 
noto'g'ri, chunki aynan ilk davr(1- 
trimestr)da bolaning deyarli 
barcha tana a'zolari shakllanishni 
boshlaydi, bunda onaning 
salomatligi, xususan gormonal holati muhim o'rin egallaydi. 
Shuning uchun homiladorlik 
aniqlangach, ginekolog huzurida 
kerakli analizlar topshirib 
tekshiruvlardan o'tish lozim. 
2. Toza havo bilan nafas olish. Sigaret va yong'in tutuni 
homilador ayol organizmi uchun 
va o'sayotgan homila salomatligi 
uchun xavflidir. Saboq.Org saytidan 
olingan.Aylanish uchun 
imkon boricha park, o'rmon va mashina kam bo'lgan boshqa 
joylarni tanlash tavsiya etiladi. 
3. Suvsizlanmaslik. Homilador ayol 
keraklikcha suyuqlik iste'mol 
qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mineral yoki filtrlangan suv, ko'k choy va qaynagan sovutilgan suvni 
kun mobaynida ichish 
kerakligi haqida unutmaslik kerak. 
Shirali va gazlangan ichimliklardan 
homiladorlik davrida voz kechgan 
ma'qul. 4. To'g'ri va foydali ovqatlanish . 
Kalsiy, temir va foliya kislotasiga 
boy mahsulotardan ko'proq 
iste'mol qilish. Bug'doy va 
danaklarning ham foydasi katta. 
Go'shtdagi yog'larni iste'mol qilmaslik kerak. 
5. Toksin(zahar)lardan xoli bo'lish. 
Uy tozalash vositalari, poroshok, 
chivin va hashoratlarga qarshi 
vositalar toksinlarga boy bo'ladi. Zaytun 
yog'i teriga 
yetmaydigan 
namlikni 
berish 
qobiliyatiga 
ega. Undan 
namlatish 
kremi 
vositasi 
sifatida 
foydalanish mumkin.Imkon boricha ularning o'rniga 
zararsiz vositalardan (masalan, 
soda) foydalanish maqsadga 
muvofiq bo'ladi. Bo'yoqlar, o'gitlar 
va o'simliklar dorivorlari 
homilador ayol va homila salomatligiga zarar keltirishi 
mumkin. Undan tashqari ba'zi 
kosmetika vositalari ham kuchli 
kimyoviy moddalardan tashkil 
topgan bo'ladi. Masalan, soch 
bo'yoqlarining homilaga zarar keltirishi mumkinligi haqida ilmiy 
tadqiqotlar mavjud. Shuning 
uchun homilador kimyoviy 
vositalardan foydalanayotganda 
nihoyatda ehtiyot bo'lishi yoki 
umuman foydalanmasligi tavsiya etiladi. Ularning o'rniga tabiiy 
vositalarni qo'llash maqsadga 
muvofiq bo'ladi.

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 2289 | Теги: JINSIY SABOQLAR Homiladorlik jarayo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar