Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | Homiladorlik testi

Homiladorlik testi bilan har bir 
ayol tanish bo'lishi ajab emas. 
Aynan homiladorlik testi 
yordamida ayol uy sharoitida 
homiladorlik yuz berganligi haqida 
birinchi bo'lib bilib olish mumkin. Homiladorlik testi haqida asosiy 
savollarga javoblar. 
Homiladorlik testi nima degani? 
Uy sharoitida qilinadigan 
homiladorlik testi barcha 
dorixonalarda sotiladigan vosita hisoblanadi. Bu test ayol 
siydigidagi inson xorionik 
ganodropin (IXG) moddasini 
o'lchaydi. Urug'lanish yuz 
bergandan so'ng 7-10 kun 
o'tgach homilador bo'lgan ayolda IXG moddasi o'lchash uchun 
yetarli miqdorda ishlab 
chiqarilishni boshlaydi. Shunda 
testlar siydikda IXGning miqdoriga 
qarab homiladorlik yuz bergan yo 
bermaganligi haqida xabar beradi. Homiladorlik testini qachon 
o'tkazsa bo'ladi? 
Homiladorlik testlari IXG 
moddasiga sezuvchanligi har xil 
bo'lgani uchun ba'zi testlarda 
oxirgi hayz kunidan 1 sikl (odatda 28-30 kun)o'tganda natija 
aniq chiqsa, ba'zi testlar bu davrda 
xato natija ko'rsatadi. Shuning 
uchun homiladorlik testini 
o'tkazish uchun eng qulay davr - 
bu siz kutayotgan hayz kuni kechikkan kun va undan keyingi 
davr. Shu kundan keyin o'tkazilgan 
test aniqroq javobga ega bo'ladi. 
Homiladorlik testi qanday 
o'tkaziladi? 
Odatda har bir test upakovkasida uni o'tkazish usuli ko'rsatilgan 
bo'ladi. Test ruchkaga o'xshash 
bo'lib bir tomonidagi qopqoqni 
ochsa, siydikdagi IXGni sezuvchi 
maxsus tayoqcha turadi. Siydikni 
aynan o'sha tayoqchaga qarab chiqarish lozim. Bir necha soniya 
davomida siydik tayoqchani 
qoplaydi. Shundan so'ng 
homiladorlik testini tekis joyga 
qo'yib 5-7 daqiqa kutish kerak 
bo'ladi. Saboq.Org saytidan olingan. Chiziqlar ko'rinishi hamma 
testlarda har xil bo'lishi mumkin. 
Shuning uchun homiladorlik yuz 
bergan bo'lsa, nechta chiziq aniq 
ko'rinishi kerakligini 
instruksiyadagi rasmdan bilib olsa bo'ladi. 
Homiladorlikni 
kutayotgan 
bo'lsangiz testni 
iloji boricha 
kechroq o'tkazganingiz 
psixologik 
stress 
keltirmaydi. 
Birinchidan, 
natija aniq bo'ladi, ya'ni 
testni qayta 
o'tkazishga 
hojat bo'lmaydi. 
Ikkinchidan, 
agar homiladorlik yuz 
bermagan 
bo'lsa, hayz 
keladi 
Qaysi hollarda homiladorlik 
testini o'tkazish talab etilad? 1. Homiladorlik kutilayotganda 
yoki homiladorlik alomatlari 
namoyon bo'lganda; 
2. Hayz kelishi kechikkanda (agar 
bu holat homiladorlik tufayli 
bo'lmayotgan bo'lsa, u holda ginekologik yoki endokrin 
kasalliklar mavjud bo'lishi 
mumkin); 
3. Hayz kelgani bilan, uning 
miqdori, ko'rinishi va holati 
odatdagidan farq qilayotgan bo'lsa; 
4. Rejada jarroxlik operatsiya 
kutilayotgan bo'lsa (ba'zida ayol 
homiladorligi haqida bilmagan 
holda jarroxlik operatsiyaga 
tayyorlanishi mumkin, shuning uchun har doim ma'lum bir 
operatsiyadan oldin albatta 
homiladorlik testini o'tkazib 
homiladorlik yo'q ekanligida amin 
bo'lish talab etiladi).

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 1214 | Теги: JINSIY SABOQLAR Homiladorlik testi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar