Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | Homiladorlikdan saqlanish usullari.

Ba'zida homiladorlikdan oldin 
ayollarga bir qancha muddat 
saqlanish tavsiya etiladi. Bu vaziyat 
davlanish davrida ko'pincha talab 
etiladi. Undan tashqari yangi 
chaqalog'i bor ona uchun ham kamida 2 yil o'tmasdan yana 
homilador bo'lish shifokorlar 
tomonidan ta'qiqlantiriladi. Chunki 
homiladorlikdan so'ng onaning 
salomatligi tiklanib olishi zarur. 
Shunda er-xotin munosabatlarida saqlanish vositalariga ma'suliyat 
bilan yondashishlari talab etiladi. 
Saqlanish usullari, 
biologik, mexanik va kimyoviy 
usullarga bo'linadi. 
Mexanik usul. Saboq.Org saytidan olingan. Mexanik 
usul 
deganda, 
erkak 
urug'ini 
ayol bachadoniga 
kirib 
tushishiga 
to'sqinlik 
qiluvchi 
maxsus qo'llanmaga 
aytiladi.Bular: 
Prezervativ(condom)- lateksli 
maxsus qo'llanma, erkak 
xivchiniga kiyiladi. Jinsiy 
kasalliklardan ham saqlaydi. Bachadon spirali - bachadonga 
vrach tomonidan o'rnatiladi, 
tug'magan ayollarga tavsiya 
etilmaydi. Ayrim kasalliklarni, 
yallig'lanishni keltirib chiqarishi 
mumkin. Spiral bo'lganda, ayolda hayz og'riq bilan, uzoq davomiylik 
bilan kechishi mumkin. 
Ayol tuxum yo'llari qopqoqlari - 
gormonlar qo'shimchalar bilan 
ishlatiladi. Jinsiy a'zolar kasalligi 
mavjud bo'lganda ishlatilishi mumkin emas. 
Bu qo'llanmalar homiladorlikdan 
85-90% saqlaydi. 
Kimyoviy usul 
Kimyoviy usul deganda, erkak 
urug'ini nobud bo'lishiga ta'sir qiluvchi moddalardan foydalanish 
tushuniladi. Ular spermisid deb 
atalib, tampon, krem, shag'am, 
jele, qin tabletkalari shaklida 
bo'ladi. Ularning homiladorlikdan 
saqlash qobiliyati 85%. Yana bir kimyoviy usul, jinsiy 
aloqadan so'ng saqlanish usuli. 
Bunda, saqlanishsiz bo'lib o'tgan 
jinsiy aloqadan so'ng 1-3 kun 
ichida maxsus dorini ayol qabul 
qilishi kerak. Bu dori homiladorlikdan saqlaydi, lekin 
ayol organizmi uchun juda zararli. 
Undan tashqari bu dorini yilda 
faqat 2 marta qabul qilish 
mumkin. 
Biologik usul Biologik usulga quyidagilar kiradi: 
Ayol tomonidan gormonal 
preparatlarni qabul qilish. Bu 
preparatlar ayol organizmida 
tuxumni tuxumdondan chiqishiga 
to'sqinlik ko'rsatadi va homilador bo'lish imkoniyatini vaqtincha yo'q 
qiladi. Bu preparatlarni ayol har 
kuni, bir vaqtda qabul qilishi lozim. 
Uning hili ko'p bo'lib, vrach bilan 
maslahatlashgan holda iste'mol 
qilish lozim. Ovulyasiya kuni(tuxumni 
tuxumdondan chiqishi)ni sanash 
usuli. Bunda ayolda ovulyasiya 
kuni bo'lganda jinsiy aloqa 
qilinmaydi. Ovulyasiya kuni normal 
hayz siklida (28 kunda) siklning 14 kuniga to'g'ri keladi. Aynan 10 chi 
kundan boshlab 16 kunga qadar 
erkak urug'i bachadonga 
tushmasligi lozim. Bu kunlari 
mexanik usullardan foydalaniladi 
yoki jinsiy aloqa qilinmaydi. Bu usul juda noqulay, chunki 
ovulyasiya bo'lish kuni hech 
qachon aniq bilib bo'laydi. 
Jinsiy aloqani uzish. Bu usul yana 
bir biologik usul bo'lib, bunda 
erkak urug'i chiqishi yaqinlashayotganda bachadondan 
xipchinni chiqarib, urug'ini 
tashqariga chiqaradi. Bu usul ham 
noqulay, ham erkakda ayrim 
kasalliklarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Vaqtidan oldin homiladorlikdan 
saqlanish usullari ko'p bo'lishiga 
qaramay hech qaysinisi 
saqlanishdan 100% kafolat 
bermaydi. Ayrimlari esa, ayrim ayol 
yoki erkak uchun mumkin ham emas. Shuning uchun saqlanish 
usullarini vrach bilan 
maslahatlashgan holda, o'zingiz 
jismoniy va psixologik 
holatingizdan kelib chiqib, bir-biri 
bilan almashtirgan holda ishlatishingiz ma'qul.

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 2371 | Теги: JINSIY SABOQLAR Homiladorlikdan saq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar