Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | Spermatazoid sifati va erkak bepushtl

Erkak bepushtligini asosiy 
sababchilaridan biri - 
spermatozoid sifati bilan bo'gliq 
muammolardir. Hozirgi zamon 
tibbiyoti bu muammolarni 
ko'pincha muvaffaqiyatli bartaraf etib kelmoqda. Quyida 
spermatozoid bilan bog'liq 
muammo va yechimlar haqida 
suhbatlashamiz. 
Jinsiy aloqa jarayonida millionlab 
spermatozoidlar ayol organizmiga kirib, ular orasidan faqat bir necha 
yuztasi ayol tuxumdoniga yetib 
borishi va uni urug'lay olishi 
mumkin bo'ladi. Spermatozoid 
ayol tuxum hujayralarini 
muvaffaqiyatli urug'lashiga bir qator faktorlar ta'sir qiladi: 
Spermatozoid miqdori; 
Spermatazoid konsistensiyasi 
(1 millimetr urug'da 
spermatazoidlarning soni); 
Erkak urug'i hajmi; Spermatozoid harakat qilish 
qobiliyati; 
Spermatozoid harakati tezligi; 
Spermatozoid morfologiyasi 
(shakli). Saboq.Org saytidan olingan. Ushbu 
faktorlarning yomonlashuvi erkak bepushtligiga sabab bo'lishi 
mumkin. Shuning uchun ularning 
har biri yuqori ko'rsatgichga 
egaligi muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Spermatozoid muammolarini nima keltirib chiqaradi? 
Erkakning yoshi 
Umuman, erkakning ayolni 
urug'lay olish qobiliyati 35 
yoshdan so'ng asta so'nishni 
boshlaydi. Bu asosan spermatozoid miqdori va 
harakatlanuvchanligida namoyon 
bo'ladi. 
Immunitet muammolari 
Erkak immun tizimida muammolar 
yuzaga kelsa, ba'zida organizm spermatozoidni yod modda deb 
qabul qila boshlaydi va ularni 
nobud qilish uchun maxsus 
antimodda ishlab chiqaradi. 
Saraton kasalliklarini 
Saraton kasalligini davolashda qo'llaniladigan radio-kimyoviy 
terapiya, ba'zi dori-vositalari erkak 
bepushtligiga olib kelishi mumkin. 
Jinsiy aloqa orqali o'tadigan 
kasalliklar 
Shu turkumdagi ba'zi kasalliklar jinsiy aloqa jarayonida 
spermatozoid yo'llarini 
zararlantirish xususiyatiga ega. 
Boshqa faktorlar. 
Tashqi muhitning holati va 
erkakning hayot tarzi ham spermatozoid buzilishiga olib 
kelishi mumkin. 
Undan tashqari erkak 
bepushtligiga anotomik 
muammolar ham sababchi 
bo'ladi: Varikotsele - erkak tuxumi 
tomirlari kasalligi bo'lib, bepusht 
erkaklarning 40% da uchraydi. 
Noto'g'ri eyakulyatsiya - bunda 
urug' tashqariga emas, balki siydik 
pufagiga tashlanadi. Kriptorxizm - tuxumning o'z 
joyiga joylashmagani tufayli 
ba'zida unda spermatozoid ishlab 
chiqarilmaydi. 
Erektil disfunksiya - bunda erkak 
jinsiy aloqaga kirisha olmaydi, kuchsiz bo'ladi. 
Bir necha yil davomida oilada 
farzand bo'lmayotgan bo'lsa, 
erkak albatta spermatozoidini 
tekshirtirishi talab etiladi. Aynan 
spermatozoid sifatiga qarab bepushtlik sababini aniqlash 
oson va tez bo'ladi.

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 1829 | Теги: JINSIY SABOQLAR Spermatazoid sifati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar