Главная » Статьи » Jinsiy saboqlar

JINSIY SABOQLAR | UYATLI TUSH NIMA?

Kechasi shahvoniy tush ko'rish natijasida 
shahvatning ajralib chiqishi EHTILOM yoki tibbiyot 
tillida POLLYUTSIYA deb ataladi. “Pollyutsiya”so'zi 
yunonchadan olingan bo'lib, “bulg'anish, 
kirlanish” degan ma'noni bildiradi. O'smirlarda 
dastlabki ehtilom 14-16 yoshda kuzatiladi. Lekin bir oz ilgariroq yoxud kechroq sodir bo'lishi ham 
mumkin. Tungi ehtilom o'smirning balog'atga 
etganidan darakdir. Ammo bu bilan o'smir jinsiy 
hayotga tayyor deb bo'lmaydi, chunki uning 
organizmi hali o'sishda davom etyapti. Me'yoriy 
tungi ehtilom muntazam jinsiy aloqagacha haftasiga bir-ikki marta sodir bo'ladi, shirin 
tushlar, lazzatlanish bilan kechadi va kishini 
tetiklashtiradi. Ba'zida uylangan yigitlarda ham 
ma'lum sabablarga ko'ra muntazam jinsiy 
aloqadan uzilib qolsalar, ehtilom yuz beradi. 
Umuman, jinsiy bezlarda urug'lik suyuqliklari paydo bo'ladi, to'planaveradi va agar undan jinsiy 
yaqinlik yo'li bilan ozod bo'linmasa, ehtilom yuz 
beradi. Me'yoriy ehtilom jinsiy tiyilishni 
yengillashtiradi, asab-jinsiy markazlari ishini 
engillashtirib turadi. Ehtilomning oraliq muddati 
sog'lom kishilarda turlicha bo'ladi. Ayrim o'smirlarning jinsiy munosabatlar haqida ko'p 
o'ylashi, shu mavzudagi gap-so'zlar, fil m va 
adabiyotlarga berilishi natijasida ehtilom tez-tez 
yuz berishi mumkin. Agar ehtilom bir kunda bir 
necha marotaba yoki kunora yuz bersa, 
bulg'anishdan so'ng tetiklanish emas, balki lanjlik sezilsa shifokorga murojaat etgan ma'qul. 
Ehtilom kunduzi, uyg'oq holda ham ro'y berishi 
mumkin. Bunday ehtilom ADEKVAT va NOADEKVAT 
turga bo'linadi. Adekvat ehtilom silab-siypalash, 
quchoqlash, o'pish natijasida sodir bo'ladi. 
Ba'zida ayol kishining harakati shahvoniy bo'lmasligi mumkin, masalan, ayol sartaroshning 
harakatlari, bexosdan teginib ketish, qo'l berib 
so'rashish natijasida ayrim o'smirlarda ehtilom 
yuz berar ekan. Noadekvat ehtilom esa shahvoniy 
qo'zg'alish natijasida emas, ijobiy ta'sirotlar 
(tomoshada keskin, zo'riqib kulish) yoki salbiy ta'sirotlar (keskin qo'rquv) natijasida kamdan- 
kam hollarda uchraydi. Agar kunduzgi ehtilom 
tez-tez takrorlanaversa, shifokor bilan 
maslahatlashishga to'g'ri keladi. Musulmonchilik 
odobiga ko'ra, ehtilomdan so'ng g'usl qilib, 
poklanish kerak. Buni tibbiyot ham ma'qullaydi. Abdusodir Ashurov, Toshkent Tibbiyot 
Akademiyasi talabasi

Категория: Jinsiy saboqlar | Добавил: ScareCrow (20.09.2015)
Просмотров: 2981 | Теги: JINSIY SABOQLAR UYATLI TUSH NIMA? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar